Jamiyat

Harbiylarning oʻquv mashgʻuloti muvaffaqiyatli yakunlandi

© Press-slujba Minoboronы RUzVoyennыe ucheniya uzbekskix voyennoslujaщix
Voyennыe ucheniya uzbekskix voyennoslujaщix - Sputnik Oʻzbekiston
Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar oldiga shartli dushman kuchlarini murakkab togʻ sharoitida yoʻq qilish vazifasi qoʻyildi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent harbiy okrugidagi dala-oʻquv maydonlaridan birida koʻrgazmali taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forish harbiy poligonda Oʻzbekiston-Rossiya harbiy oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbekiston-Rossiya harbiy mashgʻulotlarining eng yorqin lahzalari

Harbiy okrug tasarrufidagi batalon va divizon komandirlari hamda ularning oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan koʻrgazmali taktik oʻquv mashgʻuloti avvalida oʻtkazilgan anjumanda slayd va koʻrgazmali vositalar yordamida batalon taktik oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish, boʻlinma komandirlarining jangovar harakatlarni boshqarish va ular orasida tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yoʻl yoʻriqlar berildi.

Shundan soʻng koʻrgazmali taktik oʻquv mashgʻulotlari dala oʻquv maydonida tashkil etilgan yigirmaga yaqin oʻquv joylarida davom ettirildi.

Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar oldiga shartli dushman kuchlarini murakkab togʻ sharoitida yoʻq qilish vazifasi qoʻyildi. Boʻlinmalar mazkur vazifani muvaffaqiyat bilan yakunlashdi.

Taktik oʻquvlari soʻngida mashgʻulotlarda faol ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchilarga okrug qoʻmondonligining faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala