O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qator imtiyozlar joriy etildi

© Sputnik / Maksim BogodvidPustaya invalidnaya kolyaska
Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, quyidagilar nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib hisoblanadi:

Uchastnitsa paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston
Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliygohga kirishda imtiyozga ega bo‘lishlari mumkin

nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;

tibbiy yordam darajasi va sifatini oshirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasalliklar o‘sishining sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va oldini olishni ham nazarda tutuvchi profilaktika tadbirlarini kengaytirish bo‘yicha skrining tekshiruvlarining samaradorligini ko‘tarish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish;

Prezident nomidan nogironlarga aravachalar topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nogironlarga 100 dona aravacha sovg‘a qildi

"Muruvvat" va "Saxovat" internat-uylarida vasiylikka olinganlarning turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, ularning reabilitatsiyasi va ijtimoiylashuvi samaradorligini oshirish.

Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim:

viloyatlar, tumanlar markazlarida umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish;

tegishli materiallarni nashr qilishni rag‘batlantirish, muhim sohalarda audiokitoblar yaratish va ularni joriy etishni nazarda tutgan holda imo-ishora tili va Brayl alifbosini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish;

ko‘rish a’zolari zaif shaxslarga ovoz eshittirish imkonini yaratish maqsadida turli xildagi dasturiy ta’minotlarga davlat tilida maxsus dasturlar yaratish, ularni ushbu shaxslar o‘qiyotgan va ishlayotgan ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda keyinchalik erkin tarqatish, o‘rnatish, shuningdek, mazkur dasturlarni yaratish uchun salohiyatli homiylar topish;

davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylashtirilgan ma’lumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etish.

2018 yil 1-martdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish taqiqlanishi belgilandi.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi joriy etiladi.

Imkoniyati cheklangan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
Nogironlikni tasdiqlatish uchun har yili TMEKdan o‘tish muammosi hal qilinadi

2018 yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etiladi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi xamda boshqa ommaviy axborot vositalariga efirga uzatilayotgan yangiliklar, teleko‘rsatuvlar va videofilmlarning subtitr yoki surdo tarjima bilan olib borilishini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborot olish imkoniyatini oshirish va bo‘sh vaqti maroqli o‘tishini ta’minlash uchun maxsus harfli nashrlarni kengaytirish tavsiya qilindi.

Farmonning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0