Jamiyat

Mirziyoyev "Toshkent" xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodnыy aeroport Tashkenta
Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev xalqaro yoʻnalishlarda uchib kelayotgan yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi.

Zona besposhlinnoy torgovli Duty free Winston - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toshkent aeroporti Duty Free doʻkonida tovarlar milliy valyutada sotilishi joriy etildi

Bu yerda "Toshkent-4" xalqaro yoʻlovchi terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda yangi inshoot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari takomillashtirildi.

Loyiha Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning bank va jamgʻarmalari hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi xalqaro aeroportda soatiga 1,5 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.

Prezident mablagʻlardan samarali foydalanish, qurilish ishlarini boshlash uchun hududni tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev xalqaro yoʻnalishlarda uchib kelayotgan yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, qayta qurilayotgan kutish zalini ham borib koʻrdi. Bu yerda zamonaviy mehmonxona qurish, axborot texnologiyalari asosida zamonaviy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

"Aeroport Oʻzbekistonning ostonasi. Shu bois bu yerda mehmonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar boʻlishi kerak", dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala