Jamiyat

Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi

© uzairways.comPassajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy
Passajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston
"Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir", - dedi Shavkat Mirziyoyev

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Prezident gʻoyasi asosida Toshkentda ishbilarmonlik aviatsiyasini tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mejdunarodnыy aeroport Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev "Toshkent" xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Xabarga koʻra, bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona boʻlgan tizimdir. Shavkat Mirziyoyev ana shu loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Loyiha taqdimotida aytib oʻtilganidek, ishbilarmonlik aviatsiyasi yakka tartibdagi hamda korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bogʻliq xizmatlarini koʻrsatish, aviatsiya texnikasiga yordam berish, ularni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

"Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir", — dedi prezident.

Yangi loyiha xorijlik investorlar qatori oʻzbekistonlik ishbilarmon doira vakillariga ham mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish, oʻzaro biznes-sheriklar topishda katta oʻringa ega boʻladi.

Taqdimot jarayonida Oʻzbekiston rahbari xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat koʻrsatuvchi yangi havo portiga mos ravishda bu yerda koʻplab infratuzilma obʼyektlari, mehmonxona, biznes markazlarini bunyod etish borasida mutasaddilarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala