Jamiyat

Sherzod Qudratxoʻjayev: bizning boshqa falsafaga oʻtadigan vaqtimiz keldi

© Mejdunarodnыy press-klubSherzod Kudratxodjayev
Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qudratxoʻjayevning fikricha, "mehnat qilib topilgan pul sayohat, ichki va tashqi turizm, bilim olish, oʻziga, nomoddiy intellektiga sarmoya qilishga sarflanadi"

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Jurnalist, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxoʻjayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Xitoy va Koreyaga yaqinda qilgan safari taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Yaqin 30 — 35 yil ichida Xitoy va Koreya oʻta qoloq davlatlar edi. Bugun esa Xitoy YAIM boʻyicha Amerika bilan teng raqobatlashyapti, Koreya iqtisodiyoti esa dunyoda 15talikka kirgan. Ilgari Toshkentda yurganimda Xitoyning 1,5 milliard aholisi uning muammosi deb xom oʻylagan ekanman. Aslida esa bu uning boyligi, katta yutugʻi ekan. Chunki 1,5 milliard odam — bu shiddatli, sogʻlom raqobat degani.  Bu ilgʻor gʻoyalar, oldi tashabbuslar raqobati.

Obrabotka risovыx poley vo Vyetname - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganadi

Xitoy judayam ulkan bozor. Tasavvur qiling, siz bitta mahsulot ishlab chiqardingiz, masalan, shokolad, yogurt yoki gazeta va uning narxi atigi 1 dollar boʻlsin. Mahsulotingiz taxminan 100 million odamga manzur boʻlsa, demak, siz — multimillionersiz…

Bir xitoylikdan soʻradim: "30 yilda bunday natijaga erishishning siri nimada?"

Hamsuhbatim kulgancha javob qildi: "Bizning boshqa ilojimiz yoʻq edi. Biz och edik!"

Oʻylanib qoldim, balki, toʻqlik farovonlikka xalaqit berar. Balki, katta yerlarga ega boʻlish katta yutuqlar degani emasdir", deb yozadi Qudratxoʻjayev.

Qudratxoʻjayev Singapur, Koreya, Yaponiyaning hech qanday tabiiy boyliklari boʻlmaganligini aytar ekan, "ular bizga oʻxshab falon narsamiz bor, deb oʻziga mahliyo boʻlib, bir sidra toʻyib oʻtirmaydi. Yoki davlat qilishi kerak, deb kimningdir qoʻliga ham qarab qolmagan", degan fikrni bildiradi.

Uning yozishicha, Xitoydagi ulkan vokzallarda tartib-intizom joyida, ularda "xaos" va tartibsizlik kuzatilmaydi. Hamma joy saranjom-sarishta. Oʻnlab qahvaxonalar, doʻkonlar faoliyat yuritadi. Qishloq xoʻjaligi oʻta rivojlangan. Har bir qarich yer chopilgan, qaralgan, sugʻorilgan. Koʻplab issiqxonalar mavjud. Ular oʻtin va koʻmirda yoqiladi. Yoʻl chetidagi barcha uylar tomida oftob nuridan foydalanuvchi panellar oʻrnatilgan.

Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston uchun kurashda nega Janubiy Koreya gʻolib chiqdi

"Xitoyda 1,5 milliard odam borligini sezmaysiz ham. Chunki hamma narsada tartib, intizom ustun", deya fikrini davom ettiradi u.

Sherzod Qudratxoʻjayevning yozishicha, koreyslar juda tirishqoq xalq. Barcha narsa hisob-kitob bilan qilinadi, hech narsa shunchaki qilinmaydi. Masalan, Koreyada televizion translyatsiya vaqtida har bir kameraning turish joyi, tasvirchining yurish marshruti oldindan belgilanadi. "Shuning uchun ham Koreya TVsini koʻrsangiz yugur-yugur, chop-chop, keraksiz odamning tasvirga tushib qolishi kabi bizda koʻp uchraydigan "xol qoʻyishlar" kuzatilmaydi", deb yozadi u.

Ofisda har bir odam oʻz funktsional vazifalariga ega. Hech kim bir-birining ishini qilmaydi. Raqobat kuchli.

Uning yozishicha, davlat xizmatchilariga juda ogʻir. Chunki ular bu lavozimlariga tanish-bilishchilik, pul yordamida emas, balki uch bosqichli testlarni topshirib, eng munosiblari tanlab olinadi. Xizmat pillapoyasidan koʻtarilish ham xuddi shunday. Ularning oʻrtacha maoshi 3 — 4 ming dollar atrofida. Lekin narxlar qimmat.

"Masalan, siz loysuvoq uyda tugʻildingiz. Bolaligingiz, oʻspirinligingiz ham shu maskanda oʻtdi. Bu sizning aybingiz emas. Lekin aynan shu uy devorlarini pishiq gʻisht qilib koʻtarish, imoratingizning asosini granit bilan bezatish, ota-onangizga qulay, zamonaviy tahoratxona qilish sizning qoʻlingizdadir. Chunki loysuvoq uyda oʻlsangiz bu aynan sizning aybingiz boʻladi", deya fikrini davom ettiradi u.

"Xitoyda yurgan vaqtimda, Toshkentda benzin narxi oshdi. Ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab pessimistik gaplarni oʻqidim. "Shu eski yoʻllardan yuraverardik, bizga yangi qurilishlar kerak emas. Benzin narxi oshmasa boʻlgani" – deganlar ham boʻldi.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

Bozorlarimizda kartoshka narxi shuncha, guruch narxi bunchaga oshdi deyishdi. Dunyoqarashimizni ozgina oʻzgartiradigan vaqt keldi deb oʻylayman. Nazarimda, biz arzon kartoshka, arzon goʻsht, arzon benzinni oʻylab, oʻzimiz ham arzon odam boʻlib qolayotgandekmiz. Bizni kichkina maosh ham qoniqtiryapti. Goʻyoki, arzonchilik boʻlsa bas. Vaholanki, valyuta liberelizatsiyasini xohladikmi, buning ogʻriqli narxini ham toʻlashimiz kerak. Bu tanadagi isitmaga oʻxshaydi. Bir chiqib immunitetni sinab, qaytib ketadi. Faqat, bu bosqichdan, ogʻriqli oʻtish davridan chiqib olishimiz kerak. Oʻzi bu mushkul muolajani 25 yil choʻzib keldik, MDHda oxiri biz qolgandik. Ammo endi eksport-import cheklovlari boʻlmaydi.

Bizning boshqa falsafaga oʻtadigan vaqtimiz keldi: koʻp pul topish, koʻp sarflash, katta natijalarga erishish falsafasi", deydi u.

U Koreyada yashash darajasi, benzin, elektroenergiya, oziq-ovqat juda qimmat, restoran, kafelar narxlari juda balandligini, lekin shunga qaramasdan, koreyaliklar koʻproq daromad topishga tinmay intilishlarini yozadi.

Qudratxoʻjayevning fikricha, "mehnat qilib topilgan pul sayohat, ichki va tashqi turizm, bilim olish, oʻziga, nomoddiy intellektiga sarmoya qilishga sarflanadi. Biz esa shuuncha ter toʻkib keraksiz moddiy sarpo-bisot, toʻy-maʼraka va kibrimizni oziqlantirishga mablagʻ xarjlaymiz. Qadriyatlarni xam reviziya qilish vaqti keldi nihoyat…"

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala