Jamiyat

Komil Allamjonov Oʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi etib tayinlandi

© Podrobno.UZNovыy press-sekretar Shavkata Mirziyoyeva - Komil Allamjonov
Novыy press-sekretar Shavkata Mirziyoyeva - Komil Allamjonov - Sputnik Oʻzbekiston
1 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni hamda lavozim tayinlovi boʻyicha farmonni imzolagan

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Komil Allamjonov Oʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi — prezident Devoni rahbari oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

1 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarorni hamda lavozim tayinlovi boʻyicha farmonni imzolagan.

Komil Allamjonov 1984 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Sanʼat va madaniyat instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U ilgari Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasida faoliyat olib borgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala