Siyosat

Turobjon Joʻrayev Jomboy hokimini ishdan oldi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimi bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun lavozimdan olindi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Jomboy tumani hokimi H.Boʻriyev oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi, bu lavozimga viloyat hokimi T. Joʻrayev tavsiyasiga koʻra, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan Umidjon Nazarov tasdiqlandi.

Oqboʻtayev Himmat Qoʻchqorovich - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Masʼuliyatsizlikda ayblanib, ishdan olingan Oqboʻtayev yana rahbarlik vazifasiga qaytarildi
Viloyat hokimi keyingi yillarda Jomboyda mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ishchi oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotganini, ayniqsa, tomorqa daromadini koʻpaytirish dasturi ijrosi bajarilmayotganini taʼkidladi. Tomorqalarda yetishtirilgan hosilni xarid qilish yoʻlga qoʻyilmagani natijasida bozorda kartoshka va boshqa ayrim mahsulotlar narxi oshib bormoqda.

Hokim tomonidan tumanda bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga jalb etish qoniqarsiz holatdaligini qayd etgan.

Sessiyada shuningdek, yerdan foydalanishdagi oʻziboʻlarchilik keskin tanqid qilinib, xususan, almashlab ekish, yerni mineral va mahalliy oʻgʻitlarga toʻydirish eʼtibordan chetda qolayotgani qoʻshimcha qilingan. Buning ustiga, sugʻoriladigan maydonlarda oʻzboshimchalik bilan uy-joy qurish holatlari mavjud.

Viloyat hokimi oʻz nutqida yoshlar tarbiyasi, jinoyatchilikka qarshi kurash, taʼlim sifatini oshirish borasida ham foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan mulohazalar bildirdi. Sektorlar ishida faollik va tashabbuskorlik yetishmayotgani qayd etilib, aholi bilan muloqot, ularning muammolariga yechim topishda toʻrt sektor faoliyati ham talab darajasida emasligi tanqid qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala