Jamiyat

Afgʻon urushi qahramonlariga unutilgan medallar topshirildi

© SputnikV Tashkente vruchili nagradы veteranam afganskoy voynы
V Tashkente vruchili nagradы veteranam afganskoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyrugʻiga koʻra, xizmat vaqtida topshirilmay qolgan ordenlar nihoyat oʻz egasini topdi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Kecha 2 dekabr kuni Tashkentda afgʻon urushi veteranlariga uchta mukofot topshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mukofotlarni Oʻzbekistondagi Rossiya elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Sergey Chernыshev topshirdi.

Xususan, Afgʻon urushi ishtirokchisi veteran Joʻra Normurodovga — “Jangovor xizmatlari uchun” medali,  Gafur Xudaykulovga esa — "Jasorat" medali topshirildi.

Ushbu mukofotlar aslida 1989 yilda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan berilgan, lekin usha davrdagi algʻov-dalgʻovlar tufayli oʻz egalariga qadar yetib bormagan.

© SputnikAfgʻon urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi
V Tashkente vruchili nagradы veteranam afganskoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻon urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi

Mukofotlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qaytadan tasdiqlangan. Oxirgi yillarda arxivlarni oʻrganish natijasida koʻplab mukofotlar oʻz egasini topmoqda. Qidiruv ishlari barcha mavjud boʻlgan manbaalarda toʻxtovsiz olib borilmoqda.

Taqdirlash marosimida yana bir mukofot – “Doʻstlik ordeni”, Oʻzbekiston Baynalminalchi jangchilar ittifoqi raisi Talat Muradovga, Rossiya va Oʻzbekiston  orasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, taqdirlash marosimi 2 dekabr — Xalqaro nogironlar kunida boʻlib oʻtdi.

© SputnikAfgʻon urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi
V Tashkente vruchili nagradы veteranam afganskoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻon urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala