Jamiyat

Samarqandda nogironlar sayohatga olib chiqildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishInvalidы-veteranы Velikoy Otechestvennoy voynы
Invalidы-veteranы Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
200 nafar nogironlarga Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. 3 dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyat hokimligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan internatda istiqomat qilayotgan yakka-yolgʻizlar va nogironlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga VSSB boshligʻining matbuot kotibi Eldor Muhammadiyev.

Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qator imtiyozlar joriy etildi
Muhammadiyevning aytishicha, tadbir doirasida shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda Urgut tuman markaziy shifoxonasidan terapevt, nevropatolog, xirurg, stomatolog, ginekolog, uzi vrachlari jalb qilinib, Urgut "Muruvvat" uyida 442 nafar, "Sahovat" uyidan 126 nafar bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, "Mahalla" jamoat fondi va "Nuroniy" jamgʻarmasi viloyat boʻlimlari hamda homiylar koʻmagida bayram dasturxonlari, kontsert dasturlari tashkil etilgan hamda 200 nafar nogironlarning Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohati uyushtirildi.

"Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida 100 nafarga yaqin yakka-yolgʻizlar va keksalar viloyat oftolmologiya shifoxonasi mutaxassislari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, tegishli muolaja olishlari rejalashtirildi. Shifokorlar tomonidan berilgan tavsiyaga koʻra, ularning 60 nafariga "Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tomonidan koʻzoynaklar tarqatildi", — dedi Eldor Muhammadiyev.

© Sogʻliqni saqlash vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasiSamarqandda nogironlar koʻrikdan oʻtkazildi
Samarqandda nogironlar koʻrikdan oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda nogironlar koʻrikdan oʻtkazildi

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala