O‘zbekistonda turizm masalalari bo‘yicha "qaynoq liniya" ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Ma’lumot markazi 24 soat davomida ishlaydi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlar va fuqarolar uchun turizmga taalluqli masalalar bo‘yicha 24 soat davomida ishlaydigan ma’lumot markazi ishga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu sohaga aloqadar masalalar bo‘yicha +998 71 200-00-88 raqamiga bog‘lanish mumkin.

O‘zbekiston prezidentining "Konsullik tariflariga o‘zgarish kiritish to‘g‘risidagi" yangi qaroriga binoan, chet ellik turistlar uchun yangi viza turi joriy etildi.

Yangi vizaning amal qilish muddati 30 kun bo‘ladi. Oldin sayyohlar uchun 7 yoki 15 kunlik vizalar berilar edi. Viza rasmiylashtirish xarajatlari 60 dollardan 40 dollargacha tushirildi.

Yangiliklar lentasi
0