O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj fatvosini noto‘g‘ri talqin qilganlarga raddiya berdi

Obuna bo‘lish
1 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj haqida fatvosi e’lon qilingandi

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati Haj haqida fatvoni noto‘g‘ri talqin qilayotgan ayrim ommaviy axborot vositalariga raddiya berdi.

“Avvalo, mo‘min-musulmonlar hajni Alloh taolo buyurgan ulug‘ ibodat deb bilmoqlari lozim. Bu ibodatning farz bo‘lishi uchun shariatda belgilangan shartlari mavjud. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Haj haqida fatvoni chiqarishdan ko‘zlangan maqsad aynan mana shularni mo‘min-musulmonlarga yana bir karra yetkazib qo‘yishdir.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj haqida fatvosi e’lon qilindi

Keyingi vaqtlarda hajga borayotganlar orasida uni ibodat deb bilishdan ko‘ra, orzu-havasga aylantirib olayotganlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi kishilar ota-onalari yoki biror yaqin kishilarini hajga kuzatish va kutib olish asnosida dabdababozlikka o‘tib ketayotganlari tashvishli holat. Masalan, hashamdor avtomashinalar, bir nechta video kameralar hatto dasta-dasta gullar bilan kutib olishlari go‘yo ular hajdan emas balki, birorta musobaqadan muvaffaqiyat qozonib kelayotgandek olqishlar va qiyqiriqlar ostida qarshi olinmoqda”, deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portalida e’lon qilingan raddiyada.

Raddiyada birorta ibodatni ado etgan kishi Alloh taolo uning ibodatini huzurida maqbul aylaganidan umidvor bo‘lish bilan birga, qabul bo‘lmay qolmadimikan, degan hadik qalbining bir chekkasida turishi lozimligi, shuning uchun ham hajga borishga talabgorlarning ruhiy, ma’naviy va axloqiy tomondan munosib bo‘lishlari juda ham muhimligi ta’kidlanadi.

“Darhaqiqat, haj ibodati ham jismoniy va ham moliyaviy ibodat. Shuning uchun hajga borish uchun talabgorlar jismonan sog‘lom bo‘lishlari shart. Moliyaviy tomondan nafaqat haj safari uchun zarur bo‘lgan mablag‘ga ega bo‘lish, balki oilaning boshlig‘i sifatida qaramog‘idagi kishilarning nafaqasini ham to‘la-to‘kis ta’minlab ketishlari lozim. Ba’zilar yillar davomida ro‘zg‘or, bola-chaqa nafaqasidan qisib-qimtib hajga borish niyatida mablag‘ yig‘adilar. Vaholanki, ularning zimmasida hajga borishdan ko‘ra farzandlari, oilasi ta’minoti vojib ekaniga parvo qilmaydilar. Bundan tashqari nisob miqdoridagi mablag‘ga ega bo‘lgan kishi yilda bir marta uning zakotini berishi farz ekanini o‘ylab ham ko‘rmaydigan, mablag‘ni esa haj uchun jamg‘arayotganini ro‘kach qiladiganlar ham uchrab turadi.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya imomi: haj ziyoratini selfi-hajga aylantirmaslik zarur

Mazkur fatvoda haj ibodatiga borish haqida faqat tushuntirish va tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu hajga boruvchi fuqarolarimiz uchun eng muhim jihatlar hisoblanadi. Buni noto‘g‘ri talqin qilayotgan ayrim ommaviy axborot vositalari esa sohaga oid bir qator qonun hujjatlarini qo‘pol ravishda buzgan hisoblanadilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yuqoridagi holatlarni inobatga olib, hajga borishga talabgorlar uchun ushbu haqiqatlarni bayon etish maqsadida mazkur fatvoni e’lon qildi. Ushbu fatvoning mazmun-mohiyatini to‘la anglab, keyin aholiga to‘g‘ri tushuntirishga barchani da’vat qilamiz", deyiladi raddiyada.

Eslatib o‘tamiz, 1-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Haj haqida fatvosi e’lon qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0