Jamiyat

Milliy bank plastik kartalariga QIWI orqali Rossiyadan pul oʻtkazish joriy qilindi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyNatsionalnыy Bank Uzbekistana
Natsionalnыy Bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Joʻnatilgan mablagʻ toʻliq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSH dollarida beriladi

TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oʻzmilliybank tomonidan elektron va tezkor pul oʻtkazmalarning yangi turi QIWI pul oʻtkazmalari tizimi joriy etildi. Bu haqda Milliy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya davlatining istalgan hududida yashayotgan va ishlayotgan oʻzbekistonliklar  uchun bankka bormasdan turib, Oʻzbekistonga 24 soat davomida tezkor pul oʻtkazmalarni amalga oshirishning yangi imkoniyati yaratildi.

Plastikovыe kartы Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyadan UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalarini joʻnatish xizmati joriy qilindi

Bunda Rossiyaning QIWI Banki tomonidan barcha joylarga oʻrnatilgan toʻlov terminallari va infokioskalariga soʻm plastik kartasi ustida yozilgan 16 xonali raqam kiritilib, Rossiya rubli qoʻyilgan holda uni avtomat ravishda shu kunning kursi boʻyicha AQSH dollariga konvertatsiya orqali Oʻzmilliybank soʻm plastik kartasiga kelib tushadi.

Oʻz navbatida, ushbu kelib tushgan mablagʻni Oʻzmilliybankning istalgan boʻlim va filiallaridan naqd koʻrinishda AQSH dollarida olish mumkin.

Plastik kartaga kelib tushgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumot onlayn tarzda sms-xabarnomasi koʻrinishida mobil telefonga joʻnatiladi hamda joʻnatilgan mablagʻ toʻliq holda, bank komissiyasi olinmasdan, AQSH dollarida beriladi.

QIWI tezkor pul oʻtkazmalari tizimi dam olish kunlarisiz 24 soat faoliyat koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala