Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroridan shokka tushganligini aytdi

© AP Photo / Rebecca BlackwellOksana Chusovitina
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chusovitina gimnastika tarixida yettita Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. 1992-yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijroi qo‘mitasining rossiyalik sportchilarni Olimpiada-2018 dan chetlashtirish haqidagi qaroridan shokka tushganligini aytdi.

Oksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnix sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Tom Kruz, Germaniyadagi hayoti va sakkizinchi olimpiada haqida

XOQ ijroiya qo‘mitasi seshanba kuni Rossiya Olimpiya qo‘mitasini diskvalifikatsiya qilish va Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi musobaqalarda rossiyalik "toza" sportchilar faqatgina olimpiya bayrog‘i ostida chiqishlari haqida qaror qabul qildi.

"Bir so‘z deyishga ojizman — shokdaman", — dedi Chusovitina RIA Novostiga.

Chusovitina gimnastika tarixida yettita Olimpiadada ishtirok etgan yagona sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.

Oksana Chusovitina 1990-yilda sobiq SSSR terma jamoasida faoliyatini boshlagan. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada u Birlashgan jamoa (MDH) tarkibida Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Chusovitina — uch marta jahon chempioni bo‘lgan hamda 2008-yilgi Olimpiadaning kumush medali sohibasi.

Yangiliklar lentasi
0