Shimoliy Koreya yarimorolda urush albatta bo‘lishini ma’lum qildi

© AP Photo / Wong Maye-EBallisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya
Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy koreyalik diplomatlar ayni paytda “faqat bitta savol: urush qachon boshlanishi haqidagi savol ochiq qolayotganligini” bildirishgan

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya TIVga asoslanib Vashington va Seulning harbiy mashg‘ulotlari hamda amerikalik amaldorlarning bayonotlari AQSh KXDRga zarba berishga tayyorlanayotganini bildirishini ma’lum qildi.

KXDRga dag‘dag‘a: AQSh va Janubiy Koreya tarixdagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Shimoliy Koreya TIV amerikalik siyosatchilarning bayonotlari mamlakatni yarimorolda urush bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rishga majbur qilishiga e’tibor qaratdi.

Shimoliy koreyalik diplomatlar ayni paytda “faqat bitta savol: urush qachon boshlanishi ochiq qolayotganligini” bildirishgan.

Amerika va Janubiy Koreya qo‘shinlarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari 4-dekabr kuni boshlandi va 8-dekabrga qadar davom etadi. Janubiy Koreya OAV bu mashg‘ulotlarni tarixdagi eng keng ko‘lamli mashg‘ulotlar deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0