O‘zbek shirinliklari Pokistonda o‘tkazilgan festival hakamlarini qoyil qoldirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishProdEkspo-2017, suxofrukti iz Uzbekistana
ProdEkspo-2017, suxofrukti iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avgust oyida o‘zbek taomlari kuni Bangkok va Tbilisida bo‘lib o‘tdi. Bayram ishtirokchilari somsa, palov va chak-chak bilan mehmon qilindi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekiston paviloni Islomobodda o‘tkazilgan dunyo mamlakatlari halqaro milliy taomlari festivalida birinchi o‘rinni egalladi.

"Tadbir ishtirokchilari Pokiston poytaxti hokimiyati va ta’limi vazirligi, shuningdek jamoat va siyosiy doiralar vakillari O‘zbekistonning ko‘p qirrali madaniyat va tarix, sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi", — deb ma’lum qildi "Jahon" AA.

Respublikaning pavilonida mehmonlar milliy taomlar va shirinliklarni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Avgust oyida o‘zbek taomlari kuni Bangkok va Tbilisida bo‘lib o‘tgandi. Bayram ishtirokchilari somsa, palov va chak-chak bilan mehmon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0