Iqtisod

Mirziyoyev amaldorlarga: tadbirkor ertaga hammangni boqadi!

© AP Photo / Anvar IlyasovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yana qaytaraman, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish - prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi, hurmatli amaldorlarimiz buni uqib olishlari kerak, deb taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirda tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda taʼminlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yoʻnalish boʻlib qolishini aytdi.

Buxoro aholisi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimligi: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, muammolarni hal qilamiz
"Biz iqtisodiyotimizni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlarga keng yoʻl ochib berish siyosatini bundan keyin ham qatʼiy davom ettiramiz. Hal qiluvchi ahamiyatga ega bu sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, uning oldida paydo boʻladigan toʻsiqlarni butunlay olib tashlash masalasi davlat rahbari sifatida mening doimiy eʼtiborim va nazoratimda boʻladi", — dedi Mirziyoyev.

Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, oʻtmishda ajdodlarimiz ham tadbirkorlik bilan shugʻullanganini, buni Buyuk Ipak Yoʻli misolida ham koʻrish mumkinligini, umuman, tadbirkorlik oʻzbek xalqining qonida bor ekanligini taʼkidladi. 

"Amaldorlarga tadbirkor ertaga hammangni boqadi, deb necha marotaba aytganman, tadbirkorni yoʻliga gʻov boʻlish, oyogʻiga kishan boʻladigan qonunlarni chiqarish kerak emas. Tadbirkor boy boʻlsa, xalq ham, davlat ham boy boʻladi", — dedi Mirziyoyev.

Prezident tadbirkor faoliyatiga toʻsiq boʻlish davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilinadi, deya ogohlantirdi.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida soʻzlagan nutqida ham tadbirkorlik sohasiga alohida eʼtibor qaratib, "tadbirkor nafaqat oʻzini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi", — deb aytgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0