Madaniyat

Alisher Usmonov oʻzbekistonlik sanʼat muxlislariga yangi yil sovgʻasi tayyorladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishOsnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzbekiston” forumlar saroyida jahonga mashhur sanʼatkorlar chiqish qiladi

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. 15 dekabr kuni “Oʻzbekiston” forumlar saroyida britaniyalik pop-qoʻshiqchi Robbi Uilyams yakkaxon kontsertini namoyish etadi.

Robbi Uilyams – “Take That” guruhining sobiq aʼzosi. U yakkaxon faoliyatini boshlaganidan buyon dunyo boʻyicha 59 milliondan ortiq albomi sotilgan. Uning “Feel”, “Supreme”, “Better Man” va “Millennium” qoʻshiqlari koʻplab davlatlarda eng ommabop qoʻshiqlar 10taligidan joy olgan.

© anons.uzRobbi Uilyams
Britanskiy pop pevets Robbi Uilyams - Sputnik Oʻzbekiston
Robbi Uilyams

2005 yilda Robbi Uilyams Ginnessning Rekordlar kitobiga kiritilgan: uning kontsertiga bir kunda 1,6 mln dona bilet sotilgan.

17 dekabr kuni esa “Oʻzbekiston” forumlar saroyida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida ispaniyalik tenor Xose Karreras chiqish qiladi.

Orkestrga jahonga mashhur dirijyorlardan biri, ispaniyalik maestro David Gimenes dirijyorlik qiladi.

Xose Karreras — Luiji Illika, Gremmi, ser Lourens Olivye mukofotlari, Gran-Teatra del Liseo teatri oltin medali, Leyptsig shahri faxriy medali sohibi, London qirollik musiqa akademiyasining faxriy aʼzosi, London sanʼat orkestrining faxriy prezidenti hisoblanadi.

© anons.uzXose Karreras
Ispanskiy tenor Xose Karreras - Sputnik Oʻzbekiston
Xose Karreras

1992 yilgi Barselonadagi Olimpiada oʻyinlarida Karreras musiqiy rahbar boʻlgan.

Har ikki kontsert tashkilotchisi metsenat Alisher Usmonovdir. Bu Usmonovning oʻzbekistonliklar uchun nafaqat yangi yil sovgʻasi, balki boy madaniy merosga Oʻzbekiston nafaqat turistlar, balki jahon miqyosidagi yulduzlar uchun ham jozibador boʻlib borayotganining isbotidir, deb yozadi anons.uz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala