Jamiyat

Dehqon hayotning ustuni – Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradы ko Dnyu rabotnikov selskogo xozyaystva
Shavkat Mirziyoyev torjestvenno vruchil nagradы ko Dnyu rabotnikov selskogo xozyaystva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda yangi joriy etilgan Qishloq xoʻjaligi xodimlari kunida, prezident agrar sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi hamda sohada erishilgan natija va yutuqlar, kamchiliklar va kelajak rejalari haqida soʻz yuritdi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligi xodimlarini  Oʻzbekistonda ilk bor nishonlanayotgan kasb bayrami kuni bayrami bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Buxorolik fermerlar mahsulotlari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
1 iyuldan dehqon va fermerlarga oʻz mahsulotlarini eksport qilish huquqi berildi

Prezident oʻz tabrik soʻzida qishloq xoʻjaligining barcha yoʻnalishlarida xizmat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlarini sanab oʻtib, ularni oʻz yuragiga eng yaqin insonlar deb bilishini taʼkidladi.

Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bogʻu rogʻlar, dasturxonimizdagi turli noz-neʼmatlar, toʻy-tomoshalar, xursandchilik kunlarimiz, butun hayotimiz koʻz oldimizda namoyon boʻladi,

“Shu maʼnoda, dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi”, — dedi prezident.  

Shundan soʻng, prezident uzoq yillar davomida agrar sohasida kasb bayrami boʻlmagani va bugun ushbu bayram paydo boʻlgani — ado etilgan xalq istagi ekanligini aytdi.

Shuningdek, prezident yil soʻngida oʻtgan mavsumda qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham batafsil tahlil qilib sohaga tegishli yangi rejalar belgilab olish uchun oʻtkaziladigan ushbu kabi anjuman – yaxshi anʼananing qayta tiklanishi ekanligini taʼkidladi.

Agrar sohada yutuqlari

Prezident aytishiga koʻra, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida Oʻzbekistonda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xoʻjaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mutaxassislari AQShda malaka oshirishadi

Fermer xoʻjaliklari rahbarlari 12 mingdan ziyodi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar, 6 mingdan ortigʻi — xotin-qizlar ekanligi alohida aytib oʻtildi.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari oxirgi ikki yilda 45 %ga koʻpayib – 75 mingtaga yetdi. Buning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish oʻrinlari barpo etildi.

Olib borilgan islohotlar, fermerlikning rivojlanishi natijasida 8 million 377 ming tonna gʻalla, 2 930 ming tonnadan ziyod paxta, 12 450 tonna pilla, 318 ming tonna sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirildi.

Bu yil birinchi marta gʻalladan boʻshagan qariyb 1 million gektar maydonga sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish borasida qilinayotgan ishlar ham asta-sekin oʻz samarasini bermoqda.

Obrabotka risovыx poley vo Vyetname - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish boʻyicha Xitoy tajribasini oʻrganadi

Masalan, ushbu yilda 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va gʻalla oʻrniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va koʻkatlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bogʻ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi.

Bu borada Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vyetnam va Indoneziya davlatlarining ilgʻor tajribasidan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda birinchi marta shafran kabi noanʼanaviy ekin ekish yoʻlga qoʻyildi, soya ekish kengaydi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot olindi va tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna hoʻl meva 856 million dollar valyuta evaziga chetga sotildi.

Pillachilik, yilqichilik va baliqchilik qayta tiklanmoqda

Pillachilikda ham deyarli yoʻqolib borayotgan anʼanalar qayta tiklandi. Qimmatbaho xom-ashyo boʻlgan ipak yetishtirishning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etildi. Birinchi marta pilladan yiliga ikki marta hosil olish tajribasi sinovdan oʻtkazildi va ijobiy natija berdi.

Selxoz dron - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi uchun uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqariladi

Har bir viloyatda pilla xomashyosini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda. Natijada shu yilning oʻzida ipakni qayta ishlashga ixtisoslashgan 10 dan ortiq yangi korxona ishga tushirildi.

Keyingi yillarda chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish dasturlari doirasida baliq, asal yetishtiriladigan, parranda, echki, qoramol boqiladigan koʻplab xoʻjaliklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Yilqichilik tarmogʻi boʻyicha 15 ta nasl xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 3 ming 150 dan ziyod zotdor ot boqilmoqda. Zotdor qorabayir otlarini koʻpaytirish va ot sportini rivojlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida yangi yilqichilik kompleksi tashkil etildi. Toshkent viloyatida va yurtimizning boshqa hududlarida ham bunday majmualar barpo etilmoqda.

Oxirgi 20 yilda eʼtibordan chetda qolgan yana bir tarmoq – baliqchilik sohasini tiklash uchun “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uning tizimiga 3 ming 600 ta baliqchilik xoʻjaligi kiritildi. Joriy yilda 580 ming gektar maydondagi tabiiy va 28 ming gektar sunʼiy koʻllarda 100 ming tonnadan ortiq baliq yetishtirildi.

Qishloq xoʻjaligi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Agrofirmalar qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshiradi

Vyetnam va Xitoy texnologiyasi asosida intensiv usulda baliq yetishtirish, uni koʻpaytirish, baliq ozuqasi ishlab chiqarish borasida ushbu mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Yana bir muhim yoʻnalish – asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston asalarichilar uyushmasi tashkil etilib, unga asal yetishtiradigan 14 mingdan ortiq tadbirkor aʼzo boʻlib kirdi.

Qishloq xoʻjaligining eng ilgʻor vakillari

Shavkat Mirziyoyev yuqorida aytib oʻtilgan salmoqli yutuqlar ortida kunda-kun tinimsiz mehnat qilayotgan, soha rivojiga umrini, butun hayotini bagʻishlayotgan insonlar turganini aytib oʻtdi.

“Ayniqsa, Oʻzbekiston Qahramonlari Azim Latipov, Avaz Ergashev, Anorboy Eshmatov, Parda Ziyodov, Sarsenbay Seytnazarov, Doʻstmurod Abdullayev, Isaxon Bahromov, Siyosatxon Abdullayeva, Avaz Hosilov, Gulmat Hayitmetov, Sharifboy Rajabov, Ahmad Narzullayev, Abdumurod Bozorov, Abdurayim Homidov, Patilaxon Ergasheva, Xalchaxon Mirzayeva, Toʻra Narziyev kabi fidoyi yurtdoshlarimiz haqida har qancha gapirsak arziydi”, — dedi prezident

Davlat koʻmagi

Sabzavot bazasidan mahsulot olib chiqish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari importi hajmini oshirishga kelishib olishdi

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston hukumati fermer xoʻjaliklari va umuman, qishloq xoʻjaligi sohasi davlat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganini aytib oʻtdi.

Xususan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining barcha xarajatlari toʻliq davlat byudjeti hisobidan qoplanayotganini hamda ushbu qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olishda muhim omil boʻlayotganini aytib oʻtdi.

“Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli taʼminlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 2 trillion soʻmdan ortiq, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilmoqda”, — dedi prezident.  

Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradigan fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan mablagʻ ajratish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2008 yilda ushbu maqsadlar uchun 80 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 300 milliard soʻmni tashkil etdi.

Islohotlar ilgʻor natija berdi

Shundan soʻzng prezident paxta yetishtirishda yuksak natijalarga erishgan fermerlarni sanab oʻtdi. Gektaridan oʻrtacha 50 tsentnerdan ziyod hosil olgan fermerlar 1 ming 121 tani, 45 tsentnerlik marrani egallagan fermerlar – 2130 tani, 40 tsentnerchilar — 7208 tani tashkil etgan. Bu paxtachilik boʻyicha oʻz tajriba maktabini yaratayotgan fermerlar koʻpayib borayotganidan dalolat beradi.

Karam yetishtirish - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni belgilandi

Joriy mavsumda Amudaryo, Buloqboshi, Paxtaobod, Vobkent, Buxoro, Mirishkor, Nishon, Qiziltepa, Mingbuloq, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Jarqoʻrgʻon, Yuqorichirchiq, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir tumanlarida paxtadan moʻl hosil olindi.

Paxta yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan Amudaryo tumanidagi “Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi rahbari Islombek Matkarimov, Mirishkor tumanidagi “Turdiali bobo” fermer xoʻjaligi rahbari Abduvohid Begaliyev, Peshku tumanidagi “Fattoyev” fermer xoʻjaligi rahbari Yoqub Fattoyev kabi fermerlar faoliyati tahsinga sazovordir.

Gʻallachilik boʻyicha erishgan yutuqlarimizda Beruniy, Oltinkoʻl, Qoʻrgʻontepa, Doʻstlik, Romitan, Peshku, Shahrisabz, Norin, Ishtixon, Piskent, Oltiariq, Uchkoʻprik, Quva tumanlari fermerlari oʻrnak va namuna boʻldilar.

Eng asosiysi, bu yil yetishtirilgan gʻallaning 5 million 200 ming tonnadan ortigʻi fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda aholi ixtiyorida qoldirildi. Bularning barchasi dehqonlarimizning omborlari donga, roʻzgʻorlari qut-barakaga toʻlib borayotgani, ular oʻz mehnatidan katta manfaat koʻrayotgani, xalqimiz iborasi bilan aytganda, tom maʼnoda ularning kosasi oqarayotganining amaliy dalili, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Yangi tejamkor texnologiyalar kirib kelmoqda

Suv resurslari cheklangan mintaqamizda dehqonchilik qilish, moʻl va sifatli hosil olish qanchalar ogʻir va mashaqqatli ekanini siz, shu sohaning mohir ustalari juda yaxshi bilasiz, gʻ dedi prezident.

Yevro - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun €9,3 mlrd ajratdi

Shuning uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlar qoʻllab-quvvatlanib, buning tashabbuskori boʻlgan xoʻjalik va tashkilotlarga qoʻshimcha imtiyoz va preferentsiyalar yaratib berilmoqda. Natijada bugungi kunda qariyb 240 ming gektar maydonda ana shunday texnologiyalar, jumladan, 28 ming gektar yerda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilindi.

2017 yilning oʻzida qishloq xoʻjaligi sohasiga oid 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi, 2 ta yangi qoʻmita va 3 ta uyushma tuzildi. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati tubdan takomillashtirildi.

Qishloq tumanlarida hokimlarning qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy qilindi. Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etildi.

Endi ana shunday oʻzgarishlar amaliy natija va samara berishi uchun barchamiz bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz kerak.

Oʻzbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xoʻjaligini ham modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Prezident nutqining toʻliq matni bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala