Jamiyat

Qishloq xoʻjaligi mutaxassislari byudjet hisobidan oʻqitiladi - prezident taklifi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishProverka shelkovichnыx kokonov
Proverka shelkovichnыx kokonov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston agrar sohasida mavjud boʻlgan kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal qilish maqsadida prezident ushbu soha magistr va doktorlarini davlat byudjeti hisobidan oʻqitishni taklif qildi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev yangi tashkil etilgan Qishloq xoʻjalik xodimlari kunida soʻzlagan nutqida, agrar sohasida kadrlar yetishmovchiligi muammosiga katta eʼtibor qaratdi va muammoni hal qilish uchun bir qator takliflar kiritdi.

Afsuski, oxirgi 20 yil mobaynida biz agrar tarmoqni ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirishga yetarlicha eʼtibor bermadik. Eʼtiborsizligimiz tufayli mavjud ilmiy-tekshirish institutlari moliyaviy muammolar girdobiga, nochor ahvolga tushib — “chalajon” boʻlib qoldi.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Rossiya agrar oliy oʻquv yurtlari hamkorlik shartnomasi imzoladi

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (sobiq Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi) tarkibida ayni paytda 11 ta ilmiy- tadqiqot instituti va 44 ta ilmiy-tajriba stantsiyasi mavjud.

Bundan tashqari, bevosita Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida 4 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning 3 ta filiali, shuningdek, 132 ta kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatmoqda.

Lekin Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Andijon va Samarqand qishloq xoʻjaligi institutlarining ilmiy salohiyati va kadrlar tayyorlashdagi mavqei yildan-yilga pasayib bormoqda.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mutaxassislari AQShda malaka oshirishadi

Agar oʻtgan asrning 80-90 yillari bilan solishtiradigan boʻlsak, ushbu oliy taʼlim muassasalarida ilmiy, pedagogik va amaliy tajriba borasida salohiyat keskin pasayib ketgan.

Qishloq xoʻjaligida aniq mezonlar asosida kadrlar tayyorlashning yagona tizimi mavjud emas. Bunga vazirlik va oliy taʼlim dargohlari rahbarlari ham umuman eʼtibor qaratmayapti, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Bugun oliy taʼlim muassasasi yoki kollejda oʻqiyotgan talaba ertaga qayerg

a ishga boradi, amaliyotda uning bilim va mutaxassisligiga aynan qanday talablar qoʻyiladi, u shu talablarga javob beradimi-yoʻqmi – buni hech kim bilmaydi.

Hatto shu darajaga borib yetdiki, auditoriyada talabaga boshqa narsa oʻqitiladi, amaliyotda esa undan umuman boshqa bilim va koʻnikma talab etiladi.

Agrar tarmoqdagi biror-bir oliy yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasasi ishlab chiqarish yoki amaliyotning aniq buyurtmasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlayotgani yoʻq va, afsuski, bu boʻyicha hali harakat ham boshlanmagan. Shunday ekan, malakali va raqobatdosh mutaxassis-kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida qanday gapirishimiz mumkin.

Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch oʻquv dargohlari va oʻquv-metodik markaz sifatida belgilangan edi. Lekin har ikkala taʼlim muassasasining rahbariyati ham bu borada oʻz zimmasidagi vazifani toʻla uddalayotgani yoʻq. Andijon va Samarqand qishloq xoʻjaligi institutlarining faoliyatini esa qoniqarli deb boʻlmaydi.

Selxoz dron - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi uchun uchuvchisiz apparatlar ishlab chiqariladi

Bugungi davr shuni taqozo etmoqdaki, oliy taʼlim muassasasi va kollejlardagi oʻquv dasturlari ishlab chiqarish, firma va kompaniyalarning aniq talab va buyurtmalari asosida tuzilishi va raqobatdosh kadrlarni tayyorlab berishi kerak.

Agar talab boʻlsa, oliy taʼlim muassasasi va kollej mutaxassis tayyorlashi kerak, muayyan yoʻnalish boʻyicha bitirayotgan kadrlarga ehtiyoj boʻlmasa yoki kadrning bilim saviyasi va ilmiy darajasi past boʻlsa, bunday oʻquv muassasasi yopilishi zarur.

Bu borada bir misol keltiraman. Fargʻona vodiysida bir necha yillardan buyon zararli hasharotlar paxta maydonlariga sezilarli darajada ziyon yetkazyapti. Lekin vodiydagi birorta oʻquv dargohida olim va mutaxassislar bunday kasalliklarga qarshi kurashish haqida jiddiy bosh qotirayotganlari yoʻq.

Sohada ilmiy kadrlar yetishmovchiligi tufayli toʻplanib qolgan muammolarni hal etish maqsadida, prezident quyidagilarni taklif qildi:  

1. Yangi oʻquv yilidan boshlab doktorantlar stipendiyalarini sezilarli darajada oshirish.

2. Yangi oʻquv yilidan boshlab qishloq xoʻjaligining tor mutaxassisliklari boʻyicha magistraturada kadrlar tayyorlashni toʻliq byudjet grantlari hisobiga oʻtkazish taklif etiladi.

3. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy dasturlarni moliyalashtirishga Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarni 2017 yildagi 39 milliard soʻmdan 2-3 yilda 150 milliard soʻmga yetkazish topshiriladi.

4. Agrosanoat kompleksi tarkibidagi 14 ta ilmiy-tadqiqot institutini keyingi 2 yilda Davlat byudjetidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish lozim.

5. Bularga qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy muassasalarni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlashga 20 million dollar ajratish Moliya vazirligiga topshiriladi.

Bundan koʻzlangan maqsad – ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning ilmiy-tajriba stantsiyalarini zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalari bilan taʼminlashni tubdan yaxshilashdan iborat.

Qaror loyihasida qishloq xoʻjaligida ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish va innovatsion ishlanmalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan maxsus jamgʻarma tuzish haqida taklif nazarda tutilsin. Jamgʻarmaning manbai sifatida ayrim mahsulotlarga solinadigan aktsiz soligʻining qatʼiy belgilangan ajratmalarini belgilashni taklif etaman, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev ushbu borada Moliya vazirligiga, kerakli muassalar bilan birgalikda bir oy muddat ichida taklif tayyorlashni topshirdi.

Prezident nutqining toʻliq matni bilan quyida tanshing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala