Jamiyat

Samarqandda zamonaviy poliklinika ishga tushdi

Konstitutsiya kuni arafasida, samarqandliklar ajoyib sovgʻa olishdi: ikki yil davom etgan kapital taʼmirdan soʻng 2 sonli oilaviy poliklinika ishga tushidi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Oilaviy poliklinikaning ochilish marosimida viloyat hokimi Turobjon Joʻrayev, poliklinika bosh vrachi matluba Turdiyeva va boshqalar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

Ikki yil davom etgan va 5,5 mlrd mablagʻ sarflangan taʼmirlash davomida poliklinikaning 36 yil oldin qurilgan 4 qavatli binosi toʻliq taʼmirlandi, poliklinika eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Masalan, qonni 34 koʻrsatgichi boʻyicha tezkor analiz qilish uskunasi shular jumlasidan. Poliklinikada 38 nafar shifokor vo 90ta hamshira ishlaydi.

Oilaviy poliklinika shahar aholisining oltidan bir qismiga — 80 ming kishiga xizmat koʻrsatadi. Bir smena davomida — 480  beʼmorni qabul qilishi mumkin.

Poliklinikada shifokor elektron navbatga yozilayotgan ayolga yordam bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda elektron poliklinika ishga tushdi

Poliklinika ochilish marosimida soʻzga chiqqan Matluba Turdiyeva poliklinikada elektron poliklinika xizmati yoʻlga qoʻyilganligi va uning yordamida beʼmorlar tibbiy kartasini tezlik bilan topish yoki onlayn tartibda shifokorga navbatga yozilish mumkinligi ham xabar qildi. Endi oldingidek bir necha soatlab navbatga turish ehtiyoji qolmagani ham aytib oʻtildi.

Bolasini uyda yolgʻish tashlab kela olmagan onalar uchun ham bu yerda “Sogʻlom bola” kabineti ochilgan. Bu yerad vaqtincha qarab turish uchun qoldirilgan bolalar uzuluksiz ravishda hamshiralar nazorati ostida boʻladi.

Undan tashqari poliklinikada “Yosh ona” kabineti ham ochilgan. U yerda boʻlajak onalar kerak maslahatlarni olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala