Jamiyat

Qobulda oʻzbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo boʻldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishStranы mira. Afganistan
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda ommaviy boʻlgan dari va pushtu tillari qatorida oʻzbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo boʻla boshladi.

TOSHKENT, 10 dek – Sputnik. Qobul koʻchalarida oʻzbek tilida yozilgan rasmiy plakatlar paydo boʻla boshladi, deb xabar qilmoqda Facebookdagi guruhlardan biri BBC xabariga asosan.

“Oldin bunday yozuvlarni koʻrmas edingiz. Ushbu tashabbus Afgʻoniston prezidenti saroyi idorasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, mana bu plakat davlat lavozimidagi shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilgan isrofgarchilikka taaluqli”,  - deyilgan xabarda.

Ushbu ishlar amalga oshirilishidan asosiy maqsad — Afgʻonistonda yashayotgan har bir millat bizning tashabbuslarimizdan ogoh boʻlsin, — deydi  prezident saroyi idorasi vakili.  

Idora vakili soʻzlariga koʻra, ushbu kabi plakatlar nafaqat Qobul koʻchalarida, balkim boshqa shaharlarda ham paydo boʻladi. Undan tashqari Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham ushbu tajriba qoʻllaniladi. Lekin eng asosiysi ushbu tajriba — kelajakda odatiy meʼyorga aylanadi.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani oldin Afgʻonistonda nisbatan kam sonli millatlarga tegishli boʻlgan oʻzbek va turkman tillarini rivojlantirishga eʼtibor berishga vaʼda bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala