Medvedev Rostov-Donda O‘zbekistonning bosh konsulligini ochish haqidagi hujjatni imzoladi

© SputnikVid na sentralnuyu ulitsu Rostova-na-Donu
Vid na sentralnuyu ulitsu Rostova-na-Donu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur bosh konsullikning konsullik okrugiga Janubiy va Shimoliy-Kavkaz federal okruglari tarkibidagi Federatsiya subyektlari kiradi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rostov-Donda O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligini ochish to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaning yana 5ta shahrida konsulxonalar ochishni rejalashtirgan

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Rossiya tomoniga murojaatida Rossiyadagi ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari, xususan, mehnat migrantlariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish hamda Rossiya viloyatlari bilan hamkorlikni faollashtirish maqsadida bosh konsullikni ochishga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

"Imzolangan farmoyish bilan Rostov-Donda O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligini ochish haqida qaror qabul qilindi. Mazkur bosh konsullikning konsullik okrugiga Janubiy va Shimoliy-Kavkaz federal okruglari tarkibidagi Federatsiya subyektlari kiradi", — deyiladi hujjatga berilgan izohda.

Ilgariroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida yangi konsulxonalar ochish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0