Toshkent va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avialoqa tiklanishi mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishVid na ploshad Nezavisimosti v Kiyeve
Vid na ploshad Nezavisimosti v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning bahorida ham bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tgandi

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Toshkentda Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri avialoqani tiklashga bag‘ishlangan navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda uznews.uz.

Airbus A320 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida samolyot qatnovi shu yil yozda yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Xabarda aytilishicha, bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev Kiyev shahar ma’muriyati raisi Vitaliy Klichko bilan uchrashuvi yakunlari haqida Ukraina nashriga bergan intervyusida aytgan.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu masalaga ijobiy jihatdan yondashmoqda va bu borada murosaga kelish niyatida.

"To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqalar tiklanadigan bo‘lsa, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash va turistik oqim oshadi, asosiysi talaba yoshlar va aholining ehtiyoji qondirilgan bo‘ladi", – degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning bahorida ham bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0