O‘zbekistonga kelayotgan rossiyalik sayyohlar oqimi 22%ga oshdi

© PixabayTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan O‘zbekistonga 93 ming sayyoh tashrif buyurgan

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. "TurStat" analitik agentligi 9 oy mobaynida (2017 yil 1-yanvardan 30-sentabrgacha) Rossiyadan xorijga chiqishlar statistikasini tahlil qildi va rossiyalik sayyohlar sayohat qilgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi.

Tashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ilk bor "Chorvoq" erkin turistik zonasi tashkil etiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga sayohatlar miqdori 22%ga oshgan va 93 ming sayyohni tashkil etgan.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 39-o‘rinni oldi.

O‘zbekistondan keyingi o‘rinda Tojikiston joylashdi.

Qirg‘iziston rossiyalik sayyohlar tashrifi bo‘yicha O‘zbekistondan o‘zib ketdi. U 200 ming sayyoh bilan 30-o‘rindan joy oldi.

Qozog‘iston reytingning 4-o‘rnini egalladi. Ko‘rsatilgan davr mobaynida bu yerga 2,3 mln rossiyalik tashrif buyurgan.

Rossiyalik turistlar uchun ommabop mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni Turkiya band etdi — 3 mln 944 ming sayyoh.

Yangiliklar lentasi
0