Jeenbekov O‘zbekistonga tashrifi davomida nimalarni muhokama qiladi

© © Press-slujba pravitelstva / Sabir AilchiyevPremyer-ministr Sooronbay Jeenbekov
Premyer-ministr Sooronbay Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishadi hamda Qirg‘izistonda avtomobil va maishiy texnika yig‘ish bo‘yicha zavodlar qurilishi masalasini muhokama qilishadi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi mudiri Ayzada Subakojoyevaga tayanib Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Sooronbay Jeenbekov ofitsialno vstupil v doljnost glavi Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston yangi prezidenti Jeyenbekov O‘zbekistonga keladi

Jeenbekov O‘zbekistonda 13-14 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Tashrif davomida moliya, fan va bojxona sohalaridagi hamkorlik jihatlari muhokama qilinadi hamda tomonlar tegishli hujjatlarni imzolaydi, degan Subakojoyeva.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishadi hamda Qirg‘izistonda avtomobil va maishiy texnika yig‘ish bo‘yicha zavodlar qurilishi masalasini muhokama qilishadi.

Xabarda aytilishicha, qirg‘iz-o‘zbek chegaralari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmagan.

Yangiliklar lentasi
0