O‘zbekistonda "qora riyeltorlar"ga qarshi kurash kampaniyasi ishga solinadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNovoselye
Novoselye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noqonuniy faoliyat olib boruvchi maklerlar xizmatining arzonligi, shuningdek uylarni rasmiy riyeltorlar orqali sotishdagi murakkabliklar ko‘chmas mulk qora bozorida ko‘plab takliflarni hosil qiladi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonda "qora riyeltorlar"ga qarshi kurash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Zaklyuchenie sdelki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda riyeltorlar uchun bir qator qulayliklar joriy etiladi

Respublikada ko‘chmas mulk sotish va ijara masalasi bo‘yicha qora bozor hajmi  ancha yuqorilab ketdi. Bu birinchi galda noqonuniy makler xizmatlarining arzonligi, shuningdek uylarni rasmiy riyeltorlar orqali sotish jarayonning murakkabligiga bog‘liq.

Qonunchilikdagi kamchiliklar va viloyatlarda qonuniy riyeltorlar yetarli miqdorda bo‘lmaganligi qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda riyeltorlik tashkilotlarning ko‘pchilik qismi Toshkentda ro‘yxatga olingan va ular faqat shu yerda ish faoliyat yuritishadi. Yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirish maqsadida bir nechta yo‘nalishlarda ish tashkil qilish rejalashtirilgan.

"Qora riyeltorlar"ga qarshi kurashishda Davlat soliq qo‘mitasi va Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga alohida o‘rin tutadi.

Ular litsenziyasiz, malaka sertifikatisiz riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish bo‘yicha tezkor tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlashi kerak.

Shu bilan bir qatorda, milliy telekanallarida axborot kompaniyasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Noqonuniy riyeltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda ularning xizmatidan foydalanish salbiy oqibatlari haqida ijtimoiy video roliklar namoyish etiladi.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk “qora maklerlar” nishonida

Shuningdek, hukumat kelgusi yil aprel oyidan boshlab ko‘chmas mulk xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha viloyat markazlarini ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tizimda ish faoliyatni soddalashtirish va tezlashtirish uchun riyeltorlar va davlat organlari o‘rtasida elektron almashinuv yo‘lga qo‘yiladi. Bu ko‘chmas mulk obyektlari, egalari, uylarda istiqomat qiluvchi odamlar, qarzdorliklar, kommunal xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan onlayn tarzda almashish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-martdan riyeltorlik faoliyat litsenziyalashni soddalashtirish va ushbu soha ishtirokchilariga qator imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda. Jumladan, ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha litsenziyalash hamda riyeltorlik tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga qo‘yiladigan talablarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0