Robbi Uilyams Toshkentda: chipta narxi qimmat, lekin konsert ilk bor beriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKonsert Robbi Uilyamsa v Moskve
Konsert Robbi Uilyamsa v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozircha chiptalar sotuvda bor, biroq ular yashin tezligida sotilmoqda – deb aytishdi “Istiqlol” konsert saroyi kassalarida. Chiptalar 1,5 milliondan 1,8 million so‘mgacha sotilmoqda

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Britaniyalik taniqli pop-qo‘shiqchi Robbi Uilyams 15-dekabr kuni Toshkentda ilk bor yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Sputnik muxbiri ushbu konsert muxlisga necha pulga tushishini va chiptalar qolgan-qolmaganini o‘rganishga qaror qildi.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov o‘zbekistonlik san’at muxlislariga yangi yil sovg‘asi tayyorladi

Muxbirning aytishicha, "Istiqlol" san’at saroyi kassalarida hozircha chiptalar bor bo‘lsada, ammo ular katta tezlikda sotilib ketayotgan ekan. Chiptalar narxi 1,5 milliondan 1,8 million so‘mgacha sotilmoqda. Chiptalar dushanba kundan sotuvga qo‘yilgan va Uilyamsning ashaddiy muxlislari, agar konsertga tushmoqchi bo‘lsalar, tezroq harakat qilishlari kerak bo‘ladi.

Chiptalar narxi juda qimmat. Lekin bu nima bilan solishtirishga bog‘liq. Misol uchun bugun O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 800 ming — 1 million so‘m atrofida. Demak, sevimli qo‘shiqchi konsertiga tushish uchun chiptaga bir necha oy davomida pul yig‘ish talab etiladi.

Boshqa tomondan, yaqinda bo‘lib o‘tgan "Serebro" guruhi konserti narxi 100 mingdan 700 ming so‘mgacha, "A'STUDIO" guruhi va Lyubov Uspenskaya — 100 mingdan 1 million so‘mgacha, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsertiga chiptalar — 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha sotilgan.

Bir narsa aniq — Toshkent bu darajadagi jahonga mashhur yulduz kelishini ko‘p kutishi mumkin. Shu bois, britaniyalik janjalkash qo‘shiqchi konsertiga tushmoqchi bo‘lganlar orangizda bo‘lsa, shoshilgani ma’qul.

Yangiliklar lentasi
0