Pora olayotib ushlangan mansabdorning xonasidan yana 10,5 mln so‘m chiqdi

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi ayol MXX hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, filial direktorining o‘rinbosari Mahmuda Qodirova undan 2 million so‘m talab qilayotganini bildirgan

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tibbiyot xodimlari va farmatsevtlar malakasini oshirish Respublika markazining Farg‘ona viloyati filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarini poraxo‘rlikda gumonlab qo‘lga olishdi.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Poraxo‘r va ta’magirlar: 177 nafar militsiya xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi ayol MXX hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, filial direktorining o‘rinbosari Mahmuda Qodirova undan 2 million so‘m talab qilayotganini bildirgan.

"U bu pullar evaziga o‘quv kurslariga kelish muddatini o‘zgartirib berish hamda ayolning mashg‘ulotlarda bo‘lmaslik holatlarini bildirmaslikka va’da bergan. Tezkor xodimlar maxsus amaliyot o‘tkazishdi va Qodirovani so‘ralgan pulni olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olishdi", — dedi MXX vakili Sputnik muxbiriga.

Uning xizmat xonasini ko‘zdan kechirgan huquqni muhofaza qilish organi xodimlari yana 10,5 million so‘mni topishdi. U bu pullar qayerdan kelganini izohlab bera olmadi. Hozirda huquqni muhofaza qilish organi xodimlari bu pullar kimdan olinganini aniqlashmoqda.

Mahmuda Qodirovaga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0