Jamiyat

Oʻzbekistonda kadastr hujjati yoʻq uy-joy va yerlar toʻliq roʻyxatga olinadi

© Sputnik / Akыlbek BatыrbekovJilыe doma v jilom massive. Arxivnoye foto
Jilыe doma v jilom massive. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda kadastr hujjati yoʻq uy-joy va yerlar toʻliq roʻyxatga olinadi hamda oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish boʻyicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshiriladi. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bagʻishlangan yigʻilishda ana shu va boshqa masalalar boʻyicha topshiriqlar berildi.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonda davlat korxonasi yer uchastkasi bilan bogʻlik firibgarlik fosh etildi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yigʻilishda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi rahbarlarining soha foliyatini takomillashtirishda koʻrilayotgan chora-tadbirlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Muhokamada yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, taʼsirchan nazoratni taʼminlashda Qoʻmita rahbariyatida tashabbus yetishmayotganligi qattiq tanqidga olindi. Ushbu sohada hal etishni talab qiladigan koʻplab muammolar borligi qayd etib oʻtildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilda agrotexnik tadbirlar bajarilishi va shartnomada koʻzda tutilgan ekinlarni toʻliq ekish ustidan tizimli monitoring oʻrnatilmagani oqibatida 833 ta fermer 13 ming gektarga paxta-gʻalla ekinlarini ekish uchun shartnoma tuzib, umuman ekmagan.

Zagotovka sena v fermerskom xozyaystve - Sputnik Oʻzbekiston
Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni boʻshat

Shuning uchun bosh vazir oʻrinbosari Zoir Mirzayevga yerdan samarali foydalanish, fermerlar tomonidan tuzilgan shartnomalar bajarilishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, yigʻilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016-2017 yillarda koʻchmas mulk obʼyektlarini yalpi xatlovdan oʻtkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni roʻyxatga qoʻyish ishlari ham toʻliq yakunlanmagani jiddiy koʻrsatib oʻtildi.

Xususan, xatlovda 1 million 100 mingta uy-joyning hujjati 15 yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta koʻchmas mulk obʼyektidan 15 yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta obʼyekt qurilgani aniqlangan.

Biroq, kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu obʼyektlarning kadastr hujjatini tayyorlab, ular boʻyicha mulk huquqini eʼtirof etish, oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan obʼyektni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari toʻliq yakunlamagani qattiq koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, 15 yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan

Sxema rekonstruktsii ulits - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda davlat kadastrining geoaxborot bazasi yaratilmoqda

1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi boʻyicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani taʼkidlab oʻtildi.

Shundan kelib, chiqib bosh vazir oʻrinbosari Zoir Mirzayevga, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi Abdushukur Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yoʻq uy-joy va yerlarni toʻliq roʻyxatga olish, oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish boʻyicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshirish topshirigʻi berildi.

Sohaga axborot kommunikatsiyalarini, jumladan koʻchmas mulk hisobini yuritish boʻyicha "yagona axborot tizimi" joriy qilish, soliq organlari bilan kunlik axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyish ishlarida sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Botir Parpiyevga xatlovga koʻra aniqlangan hujjatsiz uy-joy va yerlarni kadastr organlarida roʻyxatga qoʻyish, ular boʻyicha kadastr va soliq organlaridagi maʼlumotlar bazasi toʻliq boʻlishi va yangilanib borishini taʼminlash uchun "Yergeodezkadastr" qoʻmitasi bilan hamkorlikda ish olib borish vazifasi yuklatildi.

Yer va mulkni roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish zarurligiga yigʻilishda alohida urgʻu berildi. Maʼlumotlarga koʻra, Jahon banki eʼlon qilgan reytingda Oʻzbekiston "mulkni roʻyxatga olish" koʻrsatkichi boʻyicha 73-oʻrinda.

Bespilotnыy letatelnыy apparat - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchar qurilmalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi

Shuning uchun, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi Abdushukur Abdullayevga bir oy muddatda kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni "yagona darcha" orqali avtomatlashgan tarzda amalga oshirish, bu borada soliq va notarius idoralari bilan maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari "dronlar"ni xarid qilish ishlarini yakunlash, uchuvchisiz uchish apparatlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarish maqsadida "Innovatsion markaz"ni tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala