Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan
Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sooronboy Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston xalqi nomidan chuqur hurmat va ehtirom izhor etdi

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Qirg‘iziston prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara boshladilar, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sooronboy Jeenbekovni Qirg‘iziston prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, bugungi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

— Qirg‘iziston prezidenti sifatida ilk xorijiy tashriflaringizdan birini O‘zbekiston zaminidan boshlaganingizni yuqori baholaymiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga sadoqatingiz ifodasi deb qabul qilamiz.

Sooronboy Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga taklif etgani uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston xalqi nomidan chuqur hurmat va ehtirom izhor etdi.

— Siz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davlat chegarasini chinakam do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va sheriklik chegarasiga aylantirdingiz, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Prezidentlar ushbu tashrif savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladilar.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov va Mirziyoyev Ko‘ksaroyda uchrashishdi

Davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari, do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va ishonchni mustahkamlash borasida o‘z azmu qarorida qat’iy ekanligini ta’kidladilar.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Prezidentlar xalqaro maydonda ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash borasida ulkan salohiyat mavjudligi, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning BMT, MDH, ShHT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga intilishi mushtarakligini qayd etdilar.

Muzokarada Sooronboy Jeenbekov Qirg‘iziston O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Yangiliklar lentasi
0