Dunyoda

IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb eʼlon qildi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishGorod Iyerusalim
Gorod Iyerusalim - Sputnik Oʻzbekiston
Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon tashabbusi bilan oʻtkazildi

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitida Sharqiy Quddus Falastin davlatining poytaxti deb eʼlon qilindi. Bu haqda Sputnik Turkiya xabar bermoqda.

Goroda mira. Iyerusalim - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻiston TIV Quddus shahri maqomi boʻyicha bayonot berdi

Xabarda aytilishicha, sammitda yakuniy deklaratsiya qabul qilingan.

“Sharqiy Quddusni Falastin davlatining poytaxti deb tan olamiz va barcha davlatlarni Falastin davlatini hamda Sharqiy Quddusni uning bosib olingan poytaxti sifatida tan olishga chaqiramiz”, — deyiladi deklaratsiyada.

Eslatib oʻtamiz, Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon tashabbusi bilan oʻtkazildi.

Turkiyada boʻlib oʻtgan IHT sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev ishtirok etdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil davlati poytaxti deb rasman tan olib, AQSH elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirish boʻyicha buyruq bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala