Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan o‘rtamizda chegaralar bo‘lmaydi

© Ofitsialniy sayt prezidenta Kirgizskoy RespublikiVizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan
Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sooronboy Jeenbekov bilan Ko‘ksaroy qarorgohida OAV vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida "Shunday vaqtlar keladiki, Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida chegara bo‘lmaydi. Bizning barcha harakatlarimiz shunga qaratilgan", dedi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti o‘zining chet elga birinchi tashrifini O‘zbekistondan boshlagani biz uchun juda qadrli, xalqimiz nomidan Sooronbay Jeenbekovni prezident bo‘lib saylangani bilan tabriklayman, dedi chorshanba kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Saaranbay Jeenbekov vruchil orden Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston
"Men bugun baxtliman": "Danaker" ordeni bilan taqdirlangan Mirziyoyevning samimiy nutqi
13 dekabr kuni, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi va tor doirada muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Muzokaralardan so‘ng ikki davlat prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida 2017-yil — tarixiy yil bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

"Bu yil hech mubolag‘asiz — tarixiy yil. Diplomatik munosabatlarda bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi. Qirg‘iziston prezidenti bilan oliy darajadagi uchrashuvlarda uchinchi bor ko‘rishib turibmiz. Bu bizning xalqlarimiz xohishidan kelib chiqdi. Nega men bu yilni tarixiy deb atayabman? Chunki, akam, hurmatli Almazbek Sharshenovich bilan birgalikda bir yil ichida uzoq yillar davomida to‘planib qolgan masalalarga yechim topdik. Va bu hal etilgan masalalar xalqlarimiz tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalqning qo‘llab-quvvatlashi — bu buyuk ishdir", — dedi Mirziyoyev.

Mirziyoyev o‘z nutqi davomida O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan barcha jabhalarda, xususan, xalqaro tashkilotlar doirasida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi
"Vaqt keladiki, mamlakatlarimiz o‘rtasida chegaraga zarurat qolmaydi. Men buni juda xohlayman. Bizning dinimiz, urf-odatlarimiz yagona. Biz bitta xalqmiz. Shuning uchun chegara bo‘lmasligi kerak va biz bunday yutuqlarga erishamiz ham. Biz bir yilda shuncha masalalarni hal etishga muvaffaq bo‘lgan ekanmiz, kelajakda ham bironta yechimi yo‘q masala qoldirmaslikka erishamiz, degan fikrdaman", — qo‘shimcha qildi prezident.  

Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov ham o‘z navbatida erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bo‘lganini, o‘zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qo‘shganidan mamnun ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0