"Xudo bergan joy": oʻzbekistonliklar Issiq-Koʻlga poyezdda borishlari mumkin boʻladi

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Fotobankka oʻtishOzero Issыk-Kul
Ozero Issыk-Kul - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolari qoʻshni Qirgʻizistondagi Issiq-Koʻlda dam olish imkoniga ega boʻlishdi. Ikki davlat rahbarlari oʻtkazgan muzokaralar davomida Issiq-Koʻlgacha temiryoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyishga kelishildi

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Issiq-Koʻl — noyob koʻl, oʻzbekistonliklar uzoqlarga emas, mana shu qoʻshni davlatdagi ajoyib dam olish maskanida hordiq chiqarishlari uchun temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyishga kelishdik, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda chorshanba kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Vizit prezidenta Kыrgыzstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: Qirgʻiziston bilan oʻrtamizda chegaralar boʻlmaydi
"Odamlarimiz u yerga reyslar tashkil qilishimizni anchadan buyon kutishayotgan edi. Bugun Sooronbay Jeenbekov bilan oʻtkazgan muzokaralarimiz davomida Issiq-Koʻlgacha temiryoʻl qatnovini tashkil qilishga kelishdik. Qoʻshnilarimizda mana shunday Xudo bergan joy bor boʻlganida, odamlarimizga uzoqlarga borishdan ne hojat", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev oʻz nutqi davomida, shuningdek, bugungi muzokaralar davomida ikki mamlakat oʻrtasida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi, Toshkent-Bishkek aviareysidan tashqari, Toshkent-Oʻsh yangi aviareysini tashkil qilish haqida ham kelishuvlar boʻlganini maʼlum qildi.

Ilgariroq, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonning "Danaker" ordeni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik. Yuksak davlat mukofotlaridan boʻlgan ushbu orden xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni asrash, ilm-fanni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qoʻshgan insonlarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala