Putin 70-yillarda “Lenfilm”da kaskader sifatida suratga tushgan

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin provel trenirovku po dzudo
Vladimir Putin provel trenirovku po dzudo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sha vaqtlarda “Lenfilm”da kaskaderlar yetishmasligi tufayli ular sport seksiyasida shug‘ullanayotgan yoshlarni filmda suratga tushishga taklif qilishgan.

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1970yillarda “Lenfilm”da suratga olingan «Ijorskiy batalon» va «Blokada» filmlarida kaskader sifatida suratga tushgan, deb xabar qilmoqda RBS nashri.

Putin bilan birga uning dzudo seksiyasi bo‘yicha o‘rtoqlari Arkadiy Rotenberg va Vasiliy Shestakovlar ham filmlarda suratga tushishgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘sha vaqtlarda “Lenfilm”da kaskaderlar yetishmasligi tufayli ular sport seksiyasida shug‘ullanayotgan yoshlarni filmda suratga tushishga taklif qilishgan.

Talabalar uchun esa bu — qo‘shimcha daromad manbai bo‘lgan. Filmda suratga tushgani uchun kuniga 3 rubldan 10 rublgacha maosh to‘langan. Alohida rollarni ijro etganlar 75 rublgacha maosh olgan.

Yangiliklar lentasi
0