Sergelida yirik innovatsion avtodrom qurilishi yakuniga yetmoqda

© uz24.uzV Sergeli otkrivayetsya innovatsionniy avtodrom
V Sergeli otkrivayetsya innovatsionniy avtodrom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majmua 2018-yil 1-yanvardan ish boshlaydi

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Poytaxtning Sergeli tumanida Avtotest o‘quv-metodik majmuasi qurib bitkazilmoqda, deb xabar berdi uz24.uz.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda haydovchilar uchun majburiy o‘quv kurslari narxi e’lon qilindi

Xabarda aytilishicha, har qanday ob-havo sharoitlariga, masalan, yomg‘ir, qor, yaxmalak sharoitiga moslashgan tizimli innovatsion avtodrom majmuaning o‘ziga xos jihatidir. Bu yerda haydovchilar turli sharoitlarda mashina boshqarish bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtiradi. 3 gektar maydonga ega majmuada, shuningdek, ma’muriyat va o‘z ichiga 14 ta auditoriyani olgan o‘quv binosi, test sinovlarini o‘tkazish uchun kompyuter zali o‘rin olgan.

"Majmua o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish maqsadida zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi, hozirgi kunda O‘zbekistonda ularning muqobili yo‘q", deyiladi xabarda.

Majmua 2018-yil 1-yanvardan ish boshlaydi. Ayni paytda o‘quv kurslariga qabullar Mirobod, Chilonzor, Shayxontohur tumanlaridagi markazlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, haydovchilarning malaka oshirish markazlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham ochilishga tayyorlanyapti.

 

Yangiliklar lentasi
0