"Qamchiq" dovonida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi 14ta post tashkil etildi

© MChS Respubliki UzbekistanPost MChS Uzbekistana na avtodoroge “Tashkent-Osh” cherez pereval "Kamchik"
Post MChS Uzbekistana na avtodoroge “Tashkent-Osh” cherez pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu postlarda zarur hollarda haydovchilar va ularning yo‘lovchilari uchun yordam ko‘rsatiladi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. "Qamchiq" dovonida qutqaruvchilar, shifokorlar hamda YHXB xodimlari navbatchilik olib boruvchi tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan 14ta post tashkil qilindi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

S 6 po 7-noyabrya 2017 goda perviy zamestitel ministra po chrezvichaynim situatsiyam polkovnik K.Aripov posetil goroda Berlin, Bonn (Germaniya) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston FVV rahbariyati tajriba o‘rganish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurdi

Ushbu postlar avtotransport haydovchilari va ularning yo‘lovchilarini qabul qilish va ularning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan sharoitni ta’minlash, zarur ma’lumotlarni taqdim etish va shifokor yordami ko‘rsatish, transport vositalarini kichik hajmdagi ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun sharoit yaratish yoki avtoulovni yaqin atrofdagi ta’mirlash ustaxonalariga yetkazib qo‘yish kabi vazifalarni bajaradi.

Postlar ro‘yxati va ularning telefon raqamlari haqida ushbu havola orqali ma’lumot olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0