Dunyoda

Putin "munosib raqiblarsiz saylov" haqidagi savolga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2017 yilgi katta matbuot-anjumani boshlandi. Birinchi savol "Siz nega saylovlarda qatnashyapsiz" degan mazmunda berildi

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Biz bugun Rossiyaning barcha muammolari haqida ularga "yaltiroq" tus bermay gapiramiz, dedi matbuot-anjumani davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF Vladimira Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putinning katta matbuot-anjumani boshlandi
Putin mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlari yaxshilanayotganini taʼkidladi.

"Qarzdorlar uch barobar qisqardi, zaxiralar esa 30 barobarga oshdi", — deb taʼkidladi prezident.

Putin oylik maoshlar oshganini, YAIMda oʻsish boʻlganini, oʻlim holatlari pasayayotganini eʼtirof etib oʻtdi.

"Biz demografik holatni sindirishga muvaffaq boʻldik", — deb qayd etdi Putin.

Matbuot-anjumani vaqtida Putinga berilgan ikkinchi savol raqiblar haqida boʻldi. Rossiya prezidentiga "munosib raqiblarsiz saylovlarda ishtirok etish qanaqa boʻlarkin" degan mazmunda savol berishdi.

Oradan mamlakatdagi oʻzgarishlar haqida gapirgan Putin "munosib raqib" haqidagi savolga qaytib, "Raqiblarni oʻzimga oʻzim tanlamayman-ku", — deya javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala