Elektr uchun to‘lovni SLICK orqali to‘lash imkoniyati butun mamlakat bo‘ylab yaratildi

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istalgan paytda hisobraqamdagi qoldiqni tekshirib olish mumkin

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Endilikda CLICK kompaniyasi foydalanuvchilari butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasiga tizim orqali pul to‘lash imkoniga ega bo‘lishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Jenskie ruki s gadjetami - Sputnik O‘zbekiston
Endi elektr ta’minoti korxonasi xodimini internet orqali chaqirish mumkin

"Xizmatning yana bir qulay tomoni – bu elektroquvvat bo‘yicha shaxsiy hisobraqamning balansini operativ tekshirish imkoni. Uyga tekshiruvchi kelganda yoki o‘zingiz uchun istalgan paytda hisobraqamdagi qoldiqni tekshirib olish mumkin", — deyiladi kompaniya xabarida.

Shu bilan birga, kompaniya CLICK tizimida mavjud bo‘lgan "Avtoto‘lov" xizmati yordamida foydalanuvchilar istalgan summaga har oyning istalgan kuniga elektroquvvatga to‘lovlarni avtomatlashtirishlari va o‘z vaqtida to‘lanishiga butunlay xavotirlanmasligi mumkinligini eslatgan.

Yangiliklar lentasi
0