O‘zbekistonda Islom akademiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishVo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto
Vo vremya slujbi v mecheti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Islom akademiyasi huzurida ikki yillik magistratura, uch yillik tayanch doktorantura va uch yillik doktorantura faoliyat yuritadi.

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Islom akademiyasi huzurida ikki yillik magistratura, uch yillik tayanch doktorantura va uch yillik doktorantura faoliyat yuritadi. Mustaqil tadqiqotchilar uchun masofadan o‘qish, tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish imkoniyati yaratiladi, xorijdan doktorantlar va tadqiqotchilar o‘qish va amaliyotga shartnoma asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan, Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.

Akademiyada “Qur’onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni, shuningdek ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0