Xitoy O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 500 million $lik investitsiya kiritadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix
Uborka urojaya zernovix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikda 15 dan ortiq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Loyihalar quyidagi yo‘nalishlardan iborat: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, o‘rash, shuningdek tayyor mahsulotlarni eksport, import va reeksport qilish

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Xitoy Wanbang kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jalik loyihalariga 500 million dollar investitsiya kiritadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Gruzovoy sostav na jeleznodorojnom puti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi amaliy bosqichga o‘tmoqda

Buni amalga oshirish maqsadida shu kunlarda Xitoy delegatsiyasi respublikaga tashrifi davomida bitim tuzildi. Ushbu hujjat Qishloq va suv xo‘jaligi va "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi tomonidan imzolandi.

Kelishivlarda 15 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Loyihalar quyidagi yo‘nalishlardan iborat: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, o‘rash, shuningdek tayyor mahsulotlarni eksport, import va reeksport qilish.

Tomonlar O‘zbekiston hududida tashkil qilingan iqtisodiy erkin zonalarida 10 ming gektar maydonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarni qayta ishlash va logistik markazlarini ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Xitoyga 100 ming tonna mosh yetkazib berish rejalashtirilgan.

Uborka urojaya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qiladi

Kompaniya vakillari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishdi va respublika bilan istiqbolli sherikchilik aloqalarni rivojlantirish istagini bildirishdi.

Wanbang kompaniyasi hozirgi vaqtda dunyoning 50 ta davlatlari bilan hamkorlik qiladi va Xitoy umumiy oziq-ovqat bozorining 37 foizni egallaydi.

Yangiliklar lentasi
0