Jamiyat

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qurilish uchun yer ajratish vaqtincha taqiqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishStroiteli osuщestvlyayut montaj stenovыx paneley tsokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma
Stroiteli osuщestvlyayut montaj stenovыx paneley tsokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Ilovada bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari roʻyxati ham eʼlon qilindi

TOSHKENT, 16 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilindi.

Goroda mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent shahar hududini yanada kengaytirish masalasi koʻrib chiqilmoqda

Hujjatga muvofiq, Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlari boʻyicha bosh reja loyihasini ishlab chiqishda ushbu aholi punktlari hududlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer ajratish, binolar, inshootlar va boshqa obʼyektlar, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya obʼyektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, ularga ruxsatnomalar berish borasida vaqtinchalik taqiqlar joriy etildi.

Shu bilan birga, ushbu taqiqlar Oʻzbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyildi.

Qarorga ilovada bosh reja loyihasi ishlab chiqilayotgan Toshkent viloyatining aholi punktlari roʻyxati ham eʼlon qilindi.

Ushbu roʻyxatga Zangiota tumanidagi Oʻzgarish, Zangiota va Xonobod QFY hududi, Qibray tumanining Oʻnqoʻrgʻon, Salar, Tuzel, Yangiobod QFY, Toshkent tumanining Choshtepa, Hasanboy, Yunusobod QFY, Quyichirchiq tumanining Toshloq QFY, Oʻrtachirchiq tumanining Qumovul QFY, Yuqorichirchiq tumanining Arganchi, Istiqlol, Surankent, Tinchlik, Bordonkoʻl QFY hamda Yangiyoʻl tumanidagi A.Ortiqov QFY hududlari kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala