YeTTB 2018-yilda O‘zbekistonda 15 loyihani amalga oshirmoqchi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishYevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya
Yevropeyskiy bank rekonstruksii i razvitiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar juda qisqa muddat ichida umumiy qiymati 186 million dollardan ortiq bo‘lgan bir necha bitimlarni tayyorlashga va imzolashga erishgan

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. 2018-yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda 15 loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeTTB prezidenti bankning Londondagi shtab-kvartirasida O‘zbekiston vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Jahon" AAning xabar berishicha, Chakrabarti tomonlar juda qisqa muddat ichida umumiy qiymati 186 million dollardan ortiq bo‘lgan bir necha bitimlarni tayyorlashga va imzolashga erishganligini ta’kidladi.

Bank rahbari YeTTB O‘zbekistonga nafaqat ustuvor loyihalarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mablag‘ ajratish yo‘li bilan, balki iqtisodiy islohotlarni samarali olib borishda hamkorlik qilish orqali ham ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0