Toshkent aeroporti samolyotlarni qabul qilishni boshladi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda aeroportga Moskva, Sankt-Peterburg, Farg‘ona, Riga va Londondan uchgan samolyotlar kelib qo‘ngan

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yana samolyotlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda aeroportga Moskva, Sankt-Peterburg, Farg‘ona, Riga va Londondan uchgan samolyotlar kelib qo‘ngan.

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxtda qalin tuman sababli Toshkentga qo‘nishi lozim bo‘lgan qator reyslar kechiktirilgan yoki respublikaning boshqa viloyatlaridagi aeroportlariga yo‘naltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0