O‘zbekistonda ilk bor koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazildi

© nuz.uzOpreatsiya po ustanovke koxlearnogo implanta
Opreatsiya po ustanovke koxlearnogo implanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda koxlear implant - karlikning og‘ir shaklida eshitish qobiliyatini tiklashning yagona uslubi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkentdagi klinikalardan birida rossiyalik mutaxassislar yordamida ilk bor koxlear impalantatsiya o‘rnatish bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi bo‘lib o‘tdi, nuz.uz xabariga asosan.

Eshitish apparatlari ojiz bo‘lgan hollarda, karlikning og‘ir shakli, tug‘ma karlik uchun – koxlear implant o‘rnatish eshitish qobiliyatini tiklovchi yagona uslub desak adashmaymiz.

Koxlear implant – quloq ichiga o‘rnatiladigan moslama bo‘lib, u tashqi mikrofondan olingan tovushlarni kuchaytirib, to‘g‘ridan to‘g‘ri insoning eshitish nervlariga elektron impuls shaklida yetkazib beradi. Implant mikrofon, batareyka, boshqaruv pulti kabi qismlardan iborat bo‘ladi.

Toshkentdagi INVIVO shifoxonasida ilk bor bo‘lib o‘tgan operatsiya “Rossiya audiologiya va eshitish protezlari ilmiy markazi” shifokori, professor Neli Mileshina va shifoxona rahbari Zebo Karimovlar tomonidan o‘tkazildi.

© nuz.uzKoxlear implantning boshqaruv pulti
Pult upravleniya koxlearnim implantom - Sputnik O‘zbekiston
Koxlear implantning boshqaruv pulti

Mileshna aytishiga qaraganda, Toshkentda koxlear implantatsiya o‘rnatish bo‘yicha 7ta opreatsiya o‘tkazilgan. Bemorlar orasida 9 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan olti nafar bolakay va meningit oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan 32 yoshli ayol bo‘lgan.

Zebo Karimova aytishiga qaraganda, oxirgi vaqtlarda Toshkentda bolalarga gentamitsin, kanamitsin, merkatsin va boshqa antibiotiklarni noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotish hollari ko‘paygan.

Operatsiya rebenku s vrojdennoy patalogiyey serdsa - Sputnik O‘zbekiston
Fransuz kardiojarrohlari O‘zbekistonda 9 nafar bolani operatsiya qildi

Dunyo tajribasida koxlear implant ilk bor 1978-yilda o‘rnatilgan. Rossiyada birinchi implant 1991-yilda o‘rnatilgan bo‘lsada, uni ommaviylashtirish juda sekin kechgan. Masalan, 2005-yilda bor yo‘g‘i 124 nafar kishiga ana shunday apparatlar o‘rnatilgan. Bunga sabab ushbu uskunalarning rivojlanish darajasi pastligi va operatsiyalarnig qimmatligi bo‘lgan. Lekin oxirgi yillarda kompyuter texnologiyalari rivojlanishi hamda Rossiyada ushbu operatsiyalar davlat tomonidan moliyalashtirilishi tufayli o‘tan yilda 8000 mingdan ortiq kishiga koxlear implant o‘rnatilgan. Operatsiyaning o‘rtacha narxi 30-35 ming dollar.

Yangiliklar lentasi
0