Siyosat

Oʻzbekiston BMT Bosh Assambleyasining Qrim boʻyicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi

© Tsentr novostey OONGeneralnaya Assambleya odobrila rezolyutsiyu o polojenii s pravami cheloveka v Krыmu
Generalnaya Assambleya odobrila rezolyutsiyu o polojenii s pravami cheloveka v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaning Qrimdagi inson huquqlari buzilishi bilan bogʻliq vaziyat, shuningdek, yarimorolda noqonuniy ravishda «Rossiya Federatsiyasi qonunlari, yurisdiktsiyasi va boshqaruvi» oʻrnatilgani toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini 70 davlat qoʻllab-quvvatladi, 26 davlat unga qarshi chiqdi, 76 davlat esa betaraf qoldi

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi 19 dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda "Ukraina, Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahrida inson huquqlari sohasi boʻyicha holat toʻgʻrisida"gi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar qildi BMT yangiliklar markazi.

AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mettis - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi - Pentagon rahbari bayonoti

Rezolyutsiyani 70 davlat qoʻllab-quvvatladi, 26 davlat unga qarshi chiqdi, 76 davlat esa betaraf qoldi.

Oʻzbekiston ham Rossiya, Xitoy, Hindiston, Shimoliy Koreya, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus, Venesuela, Boliviya, Tojikiston, JAR, Serbiya, Kuba va boshqa mamlakatlar qatori rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan.

BMT Bosh Assambleya rezolyutsiyasida «Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahridagi inson huquqlari sohasi boʻyicha holat» hujjat «vaqtinchalik bosib olingan Qrim aholisiga nisbatan kamsituvchi choralar va inson huquqlarining buzilishini qoralaydi» deyilgan.

Rezolyutsiya mualliflari Rossiyani Qrimni okkupatsiya qilinishidan oldin amal qilgan qonunlarga va xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlariga rioya qilishga chaqirishgan.

Regionы Rossii. Krыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nega Oʻzbekistondan Qrimga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaparvoz yoʻlga qoʻyilmayapti

Hujjatda Moskva Xalqaro Sudning Rossiyaga qarshi Ukraina daʼvosi boʻyicha 2017 yil 19 aprelda chiqarilgan vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi qarorini toʻliq holda va darhol bajarish zarurligi qayd etilgan.

Hujjatda Ukrainaning qismi boʻlgan — Qrim Muxtor Respublikasi va Sevostopol shahri Rossiya tomonidan vaqtinchalik okkupatsiyasi qoralangan. Hujjat boshida "uning anneksiyasi tan olinmasligi" tasdiqlangan.

BMT Bosh Assambleyasi Uchinchi qoʻmitasi delegatlari 14 dekabr kuni rezolyutsiya loyihasini maʼqullashgan. Oʻsha vaqtda rezolyutsiyani 71 davlat qoʻllab-quvvatladi, 25 davlat unga qarshi chiqdi, 77 davlat esa betaraf qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala