Milliy bank o‘zining mobil ilovasini ishga tushirdi

© Jeshu JohnIspolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone
Ispolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy servisining asosiy xususiyati pul o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarning qiymati hisoblanadi, u atigi 0,5 foizga teng

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston Milliy banki o‘zining Milliy deb nomlangan mobil ilovasini ishga tushirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Foydalanuvchilar ilova yordamida Mijozlar Milliy mobil ilovasi yordamida nafaqat plastik kartalardan mablag‘lar o‘tkazishdan foydalanishlari mumkin, balki turli xizmatlar uchun pul to‘lash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Masalan, uyali aloqa va internet, kommunal xizmatlar, yo‘l qoidasini buzganlik uchun jarima, soliqlar, raqamli televidenie uchun ilova orqali to‘lov qilish mumkin.

Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Milliy bank so‘mdagi mablag‘ni xorijiy valyutada yuborish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

"Milliy servisining asosiy xususiyati pul o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarning qiymati hisoblanadi, u atigi 0,5 foizga teng. Shu bilan birga, o‘tkazma uchun limit yo‘q. Ushbu ilovani App Store va Google Playda mobil qurilmaga bepul yuklab olish mumkin", — deb ma’lum qildi bank matbuot xizmati.

Milliy mobil ilovasining boshqa noyob jihatlari orasida UzCard va VISA NBU kartalari bo‘yicha qoldiqlar va ko‘chirmalarni ko‘rish funksiyalari, ko‘rsatilgan kartalarni masofadan bloklash/ochish imkoniyati, shuningdek, mijozning hisoblari, depozitlari va kreditlari bo‘yicha ma’lumotlar olish bor.

Sputnik muxbirlari mazkur ilovani o‘z telefonlariga o‘rnatib foydalanib ko‘rishdi va ilova ustida hali ishlash kerakligiga amin bo‘lishdi. Masalan, hisob yoki VISA kartasi raqamini qo‘shish chog‘ida ilova foydalanuvchini identifikatsiya va mobil bank xizmatini yoqtirish uchun bankka borishni taklif qiladi. so‘m kartochkasi esa hech qanday muammosiz qo‘shiladi.

Milliy bank 1991-yil sentabrda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tashkil etilgan va bugungi kunda mamlakatdagi eng yirik moliya-kredit muassasasi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0