O‘zbekiston termasi FIFA reytingida yuqoriladi

© AP Photo / Michael ProbstLogotip FIFA na stene v shtab-kvartire
Logotip FIFA na stene v shtab-kvartire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilab 78-o‘ringa chiqib oldi

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. FIFA rasmiy sayti bugun terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilab 78-o‘ringa chiqib oldi. Osiyo terma jamoalari orasida O‘zbekiston 9-raqamli jamoa bo‘lib turibdi.

Reytingda Osiyoda 1-o‘rinni Eron terma jamoasi band etgan (reytingda 32-o‘rin). Avstraliya (38) va Yaponiya (57) termalari 2-3-o‘rinlarda joylashgan.

​Yuqori o‘nlikda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Germaniya hamon reytingda eng yuqorida. 2-o‘rinda Braziliya va 3-o‘rinda Portugaliya terma jamoasi joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0