O‘zbekiston Oliy sudining sudyalari saylandi

© pixabayMolotok
Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Oliy sudiga sakkiz nafar sudya saylandi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan O‘zbekiston Oliy sudiga 8 nafar sudya saylandi.

O‘zbekiston hukumat portalining xabar berishicha, Baxriddin Azimovich Naimov va Janagul Ismaylovna Balkibayeva muddatsiz davrga ushbu lavozimga saylangan.

Dilbar Keldiyorovna Israilova, Mukaddas Ziyadullayevna Gulamova, Novruz Babakulovich Raxmanov, Tuygun Mamatkulovich Kurbanov, Xusnora Turadjonovna Xakimova va Shuxrat Zafarovich Saidov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Botirali Murodovich Diyorov, Davlatmirza Kazakdjanovich Kamilov, Olim Buriyevich Xayitov esa boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0