Umumta’lim maktablaridagi individual buxgalteriya xizmati tugatiladi

Obuna bo‘lish
Maktab direktori pedagog-xodimlarning maoshini berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tasdiqlagach, “O‘zASBO” elektron dasturi orqali uni markazlashgan moliya-buxgalteriyaga jo‘natadi

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida individual tarzda faoliyat yuritib kelayotgan buxgalteriya xizmati faoliyati tugatilib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining shu yil 21-avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi saytida berilgan maqolada.

Unda aytilishicha, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishi, ish haqini hisoblash va to‘lash, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishi, budjet hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlash, faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish kabi vazifalarni bajaradi.

Vazirlik maktab darsliklari uchun yillik ijara narxlarini ma’lum qildi

O‘z navbatida, Xalq ta’limi vazirligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarida Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tizim tuman (shahar)dagi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati faoliyatini nazorat qilib, budjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishining oldini olish, tasarrufidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish, budjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining o‘tkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish hamda profilaktika ishlari bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, buning yana bir jihati, maoshning pedagog-xodimlarga yetkazilishidagi yangilikdir. Maktab direktori pedagog-xodimlarning maoshini berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tasdiqlagach, “O‘zASBO” elektron dasturi orqali uni markazlashgan moliya-buxgalteriyaga jo‘natadi. Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati hisobchilari qabul qilib olgan xujjatlarni hisob-kitobini qilib belgilangan muddatlarda tumandagi barcha o‘qituvchining bank plastik kartochkasiga o‘z vaqtida o‘tkazib beradi.

Yangiliklar lentasi
0