Shavkat Mirziyoyev Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 26-dekabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 26-dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Xalq so‘zi online xabar berdi.

"MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0